Tramp Ho‘rmo‘z bo‘g‘ozi blokada qilinishini e’lon qildi
Prezident Tramp AQSh harbiylari tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining to‘liq blokadasi boshlanganini e’lon qildi.
AQSh va Eron kelishuvga erisha olmaganidan so‘ng, Donald Tramp bayonot berdi.
«Dunyodagi eng yaxshi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar dengiz floti darhol Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga yoki chiqishga urinayotgan har qanday kemani blokirovka qilish jarayonini boshlaydi.
Men shuningdek, dengiz flotimizga xalqaro suvlarda Eronga boj to‘lagan har qanday kemani qidirish va ushlashni buyurdim. Noqonuniy boj to‘lagan hech kim ochiq dengizlarda xavfsiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Shuningdek, biz eronliklar bo‘g‘ozlarda qo‘ygan minalarni yo‘q qilishni boshlaymiz», deb yozgan Tramp.
Uning ta’kidlashicha, Eron «bu vaziyatni qanday tugatishni hammadan yaxshiroq biladi».
«Blokada tez orada boshlanadi. Boshqa davlatlar bu blokadada ishtirok etadilar. Eronga bu noqonuniy tovlamachilik harakatidan foyda olishga ruxsat berilmaydi», deb qo‘shimcha qildi Tramp.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter