Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida buragich bilan odamlarga tahdid qilgan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi «Qoplonbek» nazorat-o‘tkazish punktida fuqarolarga buragich bilan tahdid qilib, ulardan pul undirilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aytilishicha, Qozog‘iston tomoni bilan ishchi tartibda muloqot va muvofiqlashtirish ishlari olib borilgan.
Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 43 yoshli B.B. ismli shaxs tezkor ravishda qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti mazkur vaziyat hamda ikki davlat chegarasida yuz berayotgan boshqa holatlar bo‘yicha qozog‘istonlik hamkorlar bilan doimiy aloqada ekani bildirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter