Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXXga ishga kiritish uchun 50 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

DXXga ishga kiritish uchun 50 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

DXX bir qator viloyatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi.

Jumladan, Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Namanganda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Avvalroq DXX AQShga jo‘natish uchun 20 ming dollar olgan shaxsni ushlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring