Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron osmoni yopildi: O‘zbekistonga uchayotgan ayrim qatnovlar ortga qaytarildi

Eron osmoni yopildi: O‘zbekistonga uchayotgan ayrim qatnovlar ortga qaytarildi

Eron havo hududi yopilgani sababli bir qator aviaqatnovlar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.

Jumladan:

  • Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q7742 qatnovi (Madina – Toshkent yo‘nalishi) Madina aeroportiga qaytdi;
  • Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q4442 qatnovi (Madina – Farg‘ona yo‘nalishi) ham Madina aeroportiga qaytib keldi;
  • Jazeera Airways aviakompaniyasining J9650 qatnovi (Toshkent – Quvayt yo‘nalishi), Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 02:01 da uchib chiqqan bo‘lsa-da, yana Toshkent aeroportiga qaytdi;
  • Sam Air aviakompaniyasining 9S3303 qatnovi (Samarqand – Jidda yo‘nalishi), Samarqanddan mahalliy vaqt bilan 02:04 da havoga ko‘tarilib, Samarqand aeroportiga qaytib keldi;
  • Fly Khiva aviakompaniyasining 2U7911 qatnovi (Urganch – Madina yo‘nalishi), Urganchdan mahalliy vaqt bilan 02:17 da uchib chiqib, yana Urganch aeroportiga qaytdi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY336 qatnovi (Jidda – Toshkent yo‘nalishi) ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring