Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yettinchi qavatdan o‘zini tashlagan xorijlik» : Bosh prokuraturaning yangi bayonoti

«Yettinchi qavatdan o‘zini tashlagan xorijlik» : Bosh prokuraturaning yangi bayonoti

13-mart kuni soat 18.30 da 1995-yilda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uyning yettinchi qavatida joylashgan xonadondan o‘zini pastga tashlab, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lumotida aytiladi. 

Avvalroq, Toshkentda erkak kishi o‘zini yuqori qavatdan tashlagani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.

Tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Toshkentda boshqa bir rossiyalik — jurnalist Aleksandr Nechayevning jasadi topilgandi.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Nechayevning o‘limi «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan kelib chiqqan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring