Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga çeklovlar kiritildi

Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga çeklovlar kiritildi

Bugun, 19-noyabr kuni soat 06:19 da Tojikiston hududidan ötuvçi, Sirdaryo IESdan Farğona vodiysiga elektr energiyasi yetkazib beruvçi 500 kV kuçlanişli «L-503» elektr uzatiş tarmoğida avariya yuz berdi.

Energetika vazirligiga köra, noqulay ob-havo sababli elektr tarmoği tayançlaridan biri qulagan. Natijada avtomatik himoya tizimi işga tuşib, elektr uzatilişi vaqtinça töxtagan.

Taʼmirlaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar qöyiladi.

Ayni paytda Özbekiston va Tojikiston mutaxassislari avariya oqibatlarini bartaraf etiş ustida işlamoqda.

«Vaziyat Energetika vazirligining doimiy nazoratida», – deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring