Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar kasallandi: tafsilotlar

Farg‘onadagi bog‘chalarda bolalar kasallandi: tafsilotlar

Foto: Yuz.uz

Farg‘ona shahridagi 2-soni, 7-soni va 47-soni MTT tarbiyalanuvchilari tana haroratining ko‘tarilishi, qorin sohasida og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Mazkur ma’lumotni Oziq-ovqat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tasdiqladi. 

​Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar uchun MTTlarda bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar o‘rganildi. Jumladan, nonushta, tushlik, kechki tamaddida iste’mol qilgan mahsulotlari, ushbu mahsulotlarni yetkazib beruvchilar aniqlangan.

​Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olingan.

​Ayni vaqtda epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

​2026-yil 26-oktyabr soat 11:00 holatiga 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar mavjud emas.

​Murojaat qilgan 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berilib, uy sharoitida davolanish uchun ruxsat etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring