Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV Mo‘ynoqdagi yirik yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

FVV Mo‘ynoqdagi yirik yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mo‘ynoq tumani Zaliyev ko‘lidagi qamishzorda yuzaga kelgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot bergan.

Aniqlanishicha, kecha, 17 may kuni soat 20:00da Mo‘ynoq tumani Zaliyev ko‘lidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Mo‘ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 20:40da yetib borib, 21:05da yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 30 km.ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida Zaliyev ko‘lida 0,5 gektar maydonda qamishzor yongan. Ayni vaqtda yong‘inning sababi aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring