Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘uzorda vaziyat jiddiy: boshqa bolalar ham isitmalay boshladi

G‘uzorda vaziyat jiddiy: boshqa bolalar ham isitmalay boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum (tashxis qo‘yilmagan) kasallikdan 20 iyun kuni vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shu oilada yashovchi 6 yoshli qizaloq ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani, ammo unga mutaxassislar tashxis qo‘ya olmagani haqida qayd etilgandi. Afsuski, qizaloqni ham asrab qolish imkoni bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi voqeaga munosabat bildirib, holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida SSV tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgani qayd etilgandi.

Ammo ushbu oilaga yaqin insonning qayd etishicha, kasallik qayd etilgan va ikki murg‘ak bolani yo‘qotgan xonadonga maxsus brigada bormagan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamovning «Daryo»ga aytishicha, 6 yoshli qizaloq va 4 yoshli bolaning qanday kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum.

«Internetda ularning noma’lum kasallikdan vafot etgani haqida xabar berilyapti. Bu noto‘g‘ri. Bolalarning qaysi kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum. Biroq, qonunchilikka ko‘ra kasallik tashxisi jamoatchilikka oshkor qilinmayapti», deydi u.

Hozirgina kelgan xabarlarga ko‘ra, musibat tushgan xonadonda boshqa bolalarda ham kasallik alomatlari paydo bo‘lgan va isitmalash kuzatilmoqda.

«Bolalarga kimdir yordam beradimi? Bu yurtda fidoyi, o‘z ishini bilgan do‘xtirlar bor bo‘lsa, uxlab qolgan vazirligimizda yuragi tiriklar bor bo‘lsa, ularni ham bolalari bo‘lsa, iltimos shu bolalarning salomatligiga e’tibor qarating. Agar bu bolalarga ham nimadir bo‘lsa, demak  tizim men o‘ylagandanda badtar ekan», deb yozadi ushbu xonadon yaqinlaridan biri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring