Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hojatbaror» bosh muhandis pora bilan qo‘lga olindi

«Hojatbaror» bosh muhandis pora bilan qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Elektr tarmoqlariga ulab berish va transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan elektromontyor va muhandis ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Chilonzor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Olmazor tuman TET elektromontyori Sh.Sh. fuqaro M.M.ning xonadonidagi novvoyxonasini elektr tarmoqlariga ulab berishi va hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 5 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xazorasp tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi R.S.«B.A.» fermer xo‘jaligi rahbari G‘.A.ning «Ovshar» MFY hududidagi yer maydonida past kuchlanishli transformatorini yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirib berishi evaziga 7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring