Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda sel uch avtomobilni oqizib ketdi

Jizzaxda sel uch avtomobilni oqizib ketdi

Foto: Hydromet

FVV Jizzaxdagi sel oqibatlari haqida ma’lumot berdi. 

Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida kuzatilgan sel oqimlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Joriy yilning 18-iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarining ayrim tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Sel oqimi sel yo‘lidan oqib o‘tgan. Hodisa oqibatida sel yo‘llariga noto‘g‘ri qoldirib ketilgan 3 ta yengil transport vositasi sel oqimida oqib ketgan. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur hodisa oqibatida fuqarolardan hech kim tan jarohati olmagan, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring