Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Giyohvandlikka qarshi kurashda raqamli davlat xizmatlarining o‘rni: my.gov.uz bilan sog‘lom jamiyat sari

Giyohvandlikka qarshi kurashda raqamli davlat xizmatlarining o‘rni: my.gov.uz bilan sog‘lom jamiyat sari

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni butun dunyoda inson salomatligi, jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik illatiga qarshi kurashish zaruratini yana bir bor eslatadi. Bugungi kunda bu illatga qarshi kurash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyatning umumiy mas’uliyatiga aylandi. Bu jarayonda raqamli texnologiyalar va elektron davlat xizmatlari ham muhim o‘rin tutadi.

my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali fuqarolarga yuzlab davlat xizmatlaridan tezkor, qulay va shaffof foydalanish imkoniyatini yaratib, davlat va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada soddalashtirmoqda. Ortiqcha vaqt sarflamasdan, navbat kutmasdan va vositachilarsiz xizmat olish imkoniyati davlat xizmatlarining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va ijtimoiy xizmatlardan erkin foydalanishi uchun yaratilgan raqamli imkoniyatlar ularning kelajakka ishonch bilan qadam tashlashiga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni turli salbiy illatlar, jumladan giyohvandlik ta’siridan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Portal orqali sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalardagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish mumkin. Bu esa aholining vaqt va mablag‘ini tejash bilan birga, davlat xizmatlarining sifati hamda samaradorligini yanada oshirmoqda.

Giyohvandlikka qarshi kurashning eng samarali yo‘li – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va ularning huquqiy hamda ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashdir. Shu ma’noda my.gov.uz raqamli davlat xizmatlari orqali fuqarolarning hayotini yengillashtirish, zamonaviy va ochiq davlat boshqaruvini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan har birimizni sog‘lom turmush tarzini tanlashga, yoshlarimizni zararli illatlardan asrashga va giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga chaqiramiz.

my.gov.uz — davlat xizmatlari har doim yoningizda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring