Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhokamalarga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy izoh berildi

Muhokamalarga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi hamda ushbu holat yuzasidan chiqarilgan sud qarori keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, tarmoq foydalanuvchilari tomonidan “Lixiang L9” rusumli avtomashina yuqori tezlikda harakatlangani, avtoulovning jiddiy shikastlanishi ham aynan shu holat bilan bog‘liq ekani haqidagi fikrlar ilgari surilmoqda. Shuningdek, sud qarorida tezlik 60 km/soat deb ko‘rsatilgani adolatli ekaniga shubha bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, sudga oid avtotexnika ekspertizasida “Lixiang L9” rusumli avtomashinaning harakatlanish tezligini aniq belgilash imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Shu bilan birga, ekspertiza xulosalariga ko‘ra, avtomashina 60 km/soat tezlikda harakatlangan taqdirda ham yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “Lixiang L9” boshqa avtomashinani “yarmigacha yo‘q qilib yuborgani” haqidagi xabarlar ham haqiqaga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlanadi. Hodisa oqibatida jiddiy zarar aynan “Lixiang L9” avtomashinasining o‘ziga yetgan.

Ma’lum qilinishicha, YTH natijasida “Lixiang L9” haydovchisi yengil tan jarohati olgan, boshqa jabrlanuvchilar yoki halok bo‘lganlar haqida ish materiallarida ma’lumot mavjud emas.

Sud tomonidan yo‘l-transport hodisasiga harakatda bo‘lgan “BYD Song Plus” avtomashinasi haydovchisining harakat yo‘nalishini o‘zgartirgani sabab bo‘lgan deb topilgan. Natijada unga nisbatan ma’muriy jazo tayinlanib, yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati belgilangan.

Toshkent shahar sudlari mazkur izoh axborot xarakteriga ega ekanini, bu birinchi instansiya sudi qarori bo‘yicha umumiy xulosa emasligini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, sud qaroridan norozi taraf qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sud instansiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega ekani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring