Olmaliqda mototsikl haydovchisi 15 yashar piyodani urib yubordi
Olmaliq shahrida mototsikl haydovchisi 15 yashar qizni urib yubordi. Toshkent viloyati IIBB YHXBning xabar berishicha holat 14 may kuni soat taxminan 23:00 larda Olmaliq shahri A.Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.
23 yoshli haydovchi C.F. mototsikl boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lni piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 15 yoshli piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida piyoda turli xil tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda jabrlangan qizning ahvoli og‘ir ekanligi, u oyog‘idan ajralgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Rasmiy ma’lumotda bunga aniqlik kiritilmagan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 may kuni xuddi shu ko‘chada 26 yoshli haydovchi ikki nafar 9 yoshli bolani urib yuborgan, ulardan biri vafot etgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter