Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

28-iyun – 3-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

«O‘zgidromet» ma’lum qilishicha, xavf quyidagi hududlarda kutilmoqda:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ayrim hududlarda esa yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

Shuningdek, fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish, xavfli hududlarga bormaslik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring