«O‘zreport» xodimiga tajovuz qilindi. IIB xodimi asl holatni yashirdi (video)
Toshkentda «O‘zreport» telekanali xodimiga tajovuz qilingani aytilmoqda.
Ushbu holat «No comment» dasturini suratga olish vaqtida ro‘y bergan.
Tafsilotlarga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan joyga jurnalistlar voqeani yoritish uchun borganda, ikki fuqaro ularga hujum qilgan va tasvirga olish kamerasini yaroqsiz holatga keltirishgan. Hodisa yuzasidan sudga murojaat qilingan.
«O‘zreport» xodimlariga ko‘ra, sud qoidabuzarlarga yon bosgan holda hukm chiqargan. Voqeaga guvoh bo‘lgan IIV xodimlari esa ishni bosti-bosti qilishga, faktlarni yashirishga urinmoqda, deyiladi xabarda.
Voqeaning to‘liq tafsilotlari bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter