Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida qarama-qarshi yo‘lga «uchib» chiqqan «Jiguli» dahshatli YTH sodir etdi (video)

Qarshida qarama-qarshi yo‘lga «uchib» chiqqan «Jiguli» dahshatli YTH sodir etdi (video)

2021 yilning 1 iyun kuni Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasida yuqori tezlikda harakatlanib borayotgan «Jiguli» boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqdan oshib o‘tadi va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Nexia»ga uriladi.

Oqibatda «Jiguli» haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qarshi filialiga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan haydovchi vafot etgan. Nexia haydovchisi esa yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring