Qibrayda devor qulashi oqibatida uch kishi vafot etdi
Qibrayda fojia yuz berdi. Kecha soat 16:45larda tumanning Baytqo‘rg‘on MFYdagi «Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari» MChJ hududida balandligi 4 metr va uzunligi 95 metrlik devor qulab tushdi.
Natijada ushbu devorga tutash ayvonda ishlayotgan 3 nafar MChJ ishchisi beton g‘ishtlar bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan JKning 258-moddasi (qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter