Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada o‘zbeklar ishtirokidagi to‘qnashuvda o‘q otar qurol ishlatildi

Rossiyada o‘zbeklar ishtirokidagi to‘qnashuvda o‘q otar qurol ishlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburg shahri janubida bir nechta erkak kishi o‘rtasida kelishmovchilik natijasida janjal kelib chiqqan. Shuningdek, o‘zaro to‘qnashuv jarayonida o‘q otar quroli ham ishlatilgan.

Ushbu janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 1994 yilda tug‘ilgan D.A. jarohat bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda uning holati yaxshi.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring