Samarqand va Jizzaxda kuchli yomg‘ir avariyaviy holat yuzaga keltirdi
Soat 06:45 da Samarqand viloyatida yuz bergan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 15 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan.
Buning natijasida Urgut va Pastdarg‘om tumanlari iste’molchilari qisman (13 ming 700 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
Ushbu nosozlik soat 10:03 da bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Shuningdek, soat 07:50 da Jizzax viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan.
Buning natijasida Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlari iste’molchilari qisman (2 ming 250 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Kuni kecha Xorazmda shunday holat kuzatilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter