Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 44 nafar «zakladchik» qo‘lga olindi

Samarqandda 44 nafar «zakladchik» qo‘lga olindi

Videodan kadr

Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalarini «zakladka» usulida tarqatish va saqlash bilan shug‘ullangan 44 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Tadbirlar davomida Oqdaryo, Samarqand, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlari hamda Samarqand shahri hududlarida Telegram’dagi «Narkodo‘kon» kanali va maxsus bot orqali sintetik giyohvandlik vositalarini «zakladka» usulida tarqatib kelgan shaxslar aniqlanib, qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir natijasida 21 ta geomanzilda yashirilgan, qariyb 1500 dozaga teng mefedron sintetik giyohvandlik vositasining aholi orasida tarqalishining oldi olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV fuqarolarni shubhali shaxslar yoki ularning faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lsa, Telegram’dagi «Stopnarkobot» yoki (66) 223-50-87 raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring