Samarqandda 5ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi: bir kishi jabrlandi
2026-yil 10-may kuni soat 19:15lar atrofida Samarqand shahri Namozgoh ko‘chasida «BYD», «Tracker», «Gentra», «Cobalt», «Onix» va «Spark» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «BYD» haydovchisi belgilangan tezlik me’yorini oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va ketma-ket boshqa avtomashinalarga urilgan.
Oqibatda «Tracker»ning yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter