Samarqandda vahshiylik: enaga 6 yoshli bolaning umriga zomin bo‘ldi (video)
Samarqandlik 32 yoshli U.O. 6 yoshli S.S.ning chet el safariga ketayotgan onasi bilan kelishib, qizchani o‘z qaramog‘iga olib tarbiyalayotgan edi. Ammo S.ning onasidan kelishilgan miqdorda pul kelish to‘xtagach, enaga qizchaga zug‘um qilishga o‘tadi. Hatto bola og‘ir kuyishni boshidan o‘tkazganda ham, shifokorga murojaat qilmaydi. Natijada qizcha olgan jarohatlariga bardosh bera olmay, vafot etadi.
Qizcha vafot etgach, U.O. turmush o‘rtog‘i M.O. bilan Samarqand tumani Katta Turkman qishlog‘i qabristoni qorovuli K.T.ga murojaat qilishgan. Ammo K.T. marhum vafot etganligi haqida shifokor xulosasini so‘ragan. Keyinchalik IIV vakillari olib borgan tekshiruvdan so‘ng jinoyat fosh bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud jarayonida mazkur jinoyat ishi o‘rganilib, ayblanuvchi U.O. ikki yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter