Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifatsiz benzin mahsulotlari aniqlandi

Sifatsiz benzin mahsulotlari aniqlandi

So‘nggi oy davomida 13 ta sub’yektda jami 111,8 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.

O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 102 ta avtoyqilg‘i quyish shoxobchalari va korxonalardan 162 ta namuna olindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 13 ta sub’yektda 111,8 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz deb topilib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Ma’lumot uchun: 2025 yilda neft mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan sifat nazorati tadbirlari natijasida 247 ta sub’yektda jami 8 million 962 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring