Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soxta qarzdorlikdan «pul ishlamoqchi bo‘lgan» gaz xodimi ushlandi

Soxta qarzdorlikdan «pul ishlamoqchi bo‘lgan» gaz xodimi ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon viloyatida soxta qarzdorlik evaziga pora talab qilgan gazchi ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi, «Hududgaz Andijon» komplayens xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Oltinko‘ltumangaz» gazchisi X.I. fuqaro F.P.ning xonadonida tabiiy gazdan qarzdorligi bo‘lmasa-da, go‘yoki gaz hisoblagichi nosozligi sababli 8 mln so‘m qarzdorlik mavjudligini aytib, agar 3 mln so‘m bersa dalolatnoma rasmiylashtirmasdan qarzdorligini yo‘q qilib berishini aytib, 3 mln so‘mni olgan vaqtida  ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring