Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilmoqda

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilmoqda

Joriy yilning 18 sentyabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida, shahrimizning Yangihayot tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, A.E.ga nisbatan noma’lum erkak kishi tomonidan behayo harakatlar qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring