Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazor tumani hokimi Jazoni ijro etish departamentiga boshliq bo‘ldi

Olmazor tumani hokimi Jazoni ijro etish departamentiga boshliq bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Azizxon Sharipxonovich Umarxonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Azizxon Umarxonov 2000 yilda IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.

U 2020-2021 yillarda Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Avvalroq ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring