Toshkentdagi «Anhor»dan ikki yashar bola va uning onasi qutqarildi

Bugun, 24-iyul kuni soat17:30 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Anhor» kanalida ikki yashar bola va uning onasi cho‘kayotganda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi tomonidan qutqarib qolindi.
Ona va bolaga tibbiy yordam ko‘rsatildi, hozirda ona-bolaning ahvoli qoniqarli, harbiy vrachlar nazoratida.
Qahramonimiz yuqori qo‘mondonlik tomonidan rag‘batlantirishga tavsiya etildi, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter