Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch shahridagi «zapravka»da yong‘in ro‘y berdi

Urganch shahridagi «zapravka»da yong‘in ro‘y berdi

Illyustrativ foto.

Urganch shahrida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. 

8 avgust soat Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jannatmakon ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuarga benzin yoqilg‘isini to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida mobilsisternada 3 tonna benzin yoqilg‘isi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring