Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosi aniqlandi

Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosi aniqlandi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘linmasi xodimlari tomonidan 156-sonli maktab oshxonasida murojaat asosida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Shu bilan birga aynan shu kabi nazorat tadbiri Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 134-sonli ta’lim muassasasida epidemiologik ko‘rsatkich asosida olib borildi.

Nazorat davomida maktab oshxonasida taqiqlangan mayonez va ketchup qo‘shilgan mahsulotlar, rangli va gazli ichimliklar, saqichlar, qotirilgan nonlar, har xil turdagi qandolat mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda ushbu mahsulotlar brakeraj qilindi.

Eslatilishicha, maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni nazorat qilib borish maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi.

Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotni sifat ko‘rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak, deyiladi Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring