Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 ta xonadon 37 mijozga sotildi. MChJ rahbariga ish qo‘zg‘atildi

24 ta xonadon 37 mijozga sotildi. MChJ rahbariga ish qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida 24 ta xonadon uchun 37 nafar fuqarodan pul undirgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «I.C.» MChJ tomonidan «Bo‘ston» MFY hududida 4 qavatli 24 ta xonadondan iborat turar-joy majmuasi qurilgan bo‘lsada, MChJ rahbari J.K. yana qo‘shimcha ravishda 13 ta xonadon uchun fuqarolarning jami 303,9 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring