Andijonda FVB inspektori qo‘lga olindi
Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1800 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter