B.Abdullayev va X.Qodirov nima uchun ishdan olingani aytildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yong‘in yuz bergan.
Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat “Chorsu” va “Farhod” bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etildi.
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari Z.Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish bo‘yicha hali sezilarli natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.
Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlandi.
Shu bois, bunga mas’ul vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i X.Qodirov ishdan olingan edi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter