Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xodimlari bankomat mablag‘larini o‘zlashtirdi

Bank xodimlari bankomat mablag‘larini o‘zlashtirdi

Jarqo‘rg‘on tumanida bankomatlarga ajratilgan yirik miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq sho‘’ba mudiri T.S. o‘ziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 million so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu markaz nazoratchi kassiri S.N. ham 132,8 million so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring