Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegara buzuvchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Chegara buzuvchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

DXX Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududidan o‘tuvchi “o‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tgan holda qo‘shni davlatdan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi.

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvda ushbu shaxsning yonidan umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mga teng bo‘lgan 9 542 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ma’lum qilinishicha, “Zardeks” dori vositasi tarkibida mavjud “Pregabalin” moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 818-sonli qaroriga muvofiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning erkin muomalasi cheklangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 251¹-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring