Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehliga uchayotgan ikki ayoldan tilla quymalari topildi

Dehliga uchayotgan ikki ayoldan tilla quymalari topildi

Toshkent Xalqaro aeroportida Hindistonga otlangan ikki nafar yo‘lovchi ayol «jonli konteyner» tarzida tilla quymalarini olib o‘tishga urindi.                                  

«Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Shaxsiy xavfsizlik guruhi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida, kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi tezkor xodimlari va Xalqaro aeroportning chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Toshkentdan Dehli shahriga uchib ketayotgan ikki nafar fuqarolar kuzatuv ostiga olinadi.                                                

Ular «CIP» uchib ketish zali orqali harakatlanganidan so‘ng tegishli tartibda to‘xtatilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi. Ayollarni birma-bir shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish davomida ularning jinsiy a’zosi ichiga yashirib joylangan, birida taxminiy qiymati 490 mln so‘m bo‘lgan 367 gramm quyma oltin bo‘laklari, yana birida esa 140 gramm og‘irlikdagi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qiymati 190 mln so‘m bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari borligi aniqlandi.                                                                     

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring