Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hududlar uch toifaga bo‘lindi

«Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligining «E-YER NAZORAT» tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi.
2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifalari faqatgina «E-YER NAZORAT» tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hududlarni quyidagicha toifalarga bo‘lish belgilandi:
«qizil» toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
«sariq» toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o‘rta hududlar;
«yashil» toifadagi hudud — yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.
Bunda «qizil» toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, «sariq» toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter