Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Har bir tumanda bepul huquqiy maslahat byurolari tashkil etildi

Har bir tumanda bepul huquqiy maslahat byurolari tashkil etildi

Adliya vazirligi tomonidan aholiga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida ezgu ishga qo‘l urildi.

Adliya vazirligining taklifiga asosan «Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Madad» nodavlat-notijorat tashkiloti tashkil etildi.

Ushbu muassasa aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joiz, aholiga bepul huquqiy maslahat berish amaliyoti shu kungacha ham qo‘llanib kelinmoqda. Lekin bu ishlar doimiy ravishda va tizimli olib borilmas edi. Fuqarolar bunday maslahatlarni qayerda va qachon olish haqida aniq bilmasdilar. Endilikda Qarorga ko‘ra ushbu faoliyat alohida muassasa tomonidan muntazam va tizimli tarzda amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, har bir tuman (shahar)da bosqichma-bosqich «Madad»ning huquqiy maslahat byurolari tashkil etiladi va fuqarolarga huquqiy maslahat hamda amaliy huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Ma’lumki, aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan Advice.uz portali ishga tushirilgan bo‘lib, unda jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan asosiy huquqiy masalalar bo‘yicha 1000 dan ortiqkontentlar joylashtirilgan.

Qarorda ta’kidlanishicha, «Madad» muassasasiga Advice.uz (e-maslahat.uz) portalini doimiy takomillashtirib borish vazifasi ham yuklandi. Shuningdek, u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- fuqarolarga onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat beradi;

- hududlarda maslahat byurolarini tashkil etish orqali fuqarolarga doimiy ravishda bevosita bepul huquqiy maslahat berilishini tashkil etadi;

- huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilgan holda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

- huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni jalb qiladi.

Ma’lumot uchun: «Advice.uz» tizimi orqali hozirgi kunga qadar 5 mingga yaqin foydalanuvchi tomonidan 10 mingdan ortiq huquqiy savollar berilgan. Bundan tashqari tizimning offlayn muloqot sahifasi orqali 2 mingga yaqin huquqiy savollar kelib tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring