Hokim 100 mln so‘m pora olayotganida qo‘lga tushdi
Joriy yilning 1 noyabr kuni Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln. so‘m pul olgani holati bo‘yicha JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida hokim Matkarimovning turmush o‘rtog‘i ayblanmagan va qamoqqa olinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter