Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqxonasida 148 tup kannabis parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

Issiqxonasida 148 tup kannabis parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

foto: chatgpt

Buxoro viloyat ichki ishlar bo‘limi, Jinoyat qidiruv bo‘linmasi hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida tadbir o‘tkazilgan. Unda hovlisidagi issiqxonasida 148 tup kannabis ekib, uni parvarishlayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayev ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tuman, Robotiqalmoq MFY, Bunyodkor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.Sh.ning yashash hovlisi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvlar davomida  Sh.Sh.ning o‘z issiqxonasida ta’qiqlangan giyohvandlik vositasini parvarishlab kelayotgani fosh bo‘lgan. Ekspertiza ushbu giyohvandlik vositalarining markaziy poyasi va ildizlariga ega bo‘yi 3,7 smgacha, poyasining diametri 0,1 mmgacha bo‘lgan o‘ziga xos o‘tkir hidli, ho‘l, ya’ni quritilmagan holatdagi kannabis o‘simligi ekanini xulosalagan. Qonunga xilof ravishda ekilib, yetishtirilayotgan kannabis o‘simligi 148 ta tupdan iborat bo‘lgan.   

Fosh etilgan holat xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, daliliy ashyolar belgilangan qonuniy tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Ta’qiqlangan ekinlarni yetishtirish), 1-qismiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring