Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn qimorni targ‘ib qilgan ikki blogerga chora ko‘rildi

Onlayn qimorni targ‘ib qilgan ikki blogerga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, fuqarolar – A.Shamsiddinov (amirxon_uzbek) hamda D.Ilyosov (donik_krash)lar qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali  joylashtirilgan video-roliklarida «Melbet» bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan blogerlar  belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, «Reklama to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring