O‘zbekistonda joriy yilda 288 ta qotillik jinoyati sodir etilgan
Bugun, 23-dekabr kuni IIVda yil sarhisobi va ustuvor vazifalarga doir matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda yil sarhisobi yuzasidan so‘z olgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Tergov departamenti rahbari polkovnik Ramazon Ashrapovning ma’lum qilishicha, 2025-yil yakuniga ko‘ra, jinoyatlar soni 1 662 tadan 1 211 taga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar 2 870 tadan 2 306 taga tushgan.
Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 4 167 tadan 3 214 taga pasaygan bo‘lsa, muqaddam sudlanganlar 5 418 tadan 4 405 taga kamaydi. Mast holatda sodir etilgan jinoyatlar 2 004 tadan 1 650 taga tushdi. Ishsizlar tomonidan 3 604 tadan 3 097 taga va guruhlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar 4 497 tadan 3 480 taga kamaydi.
Jinoiy qilmishlar kesimida, jumladan:
- Qotillik — 288 ta (2024 yilda 339 ta);
- Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish — 860 ta (965 ta);
- Talonchilik — 389 ta (617 ta);
- Bosqinchilik — 119 ta (163 ta);
- Yo‘l-transport hodisalari — 8 738 ta (9 365 ta);
- Transport vositalarini olib qochish — 216 ta (254 ta);
- Guruhli jinoyatlar — 3 480 ta (4 491 ta);
- Nomusga tegish holatlari — 381 ta (359 ta, +6 foiz).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter