Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda 27 yoshli yigit o‘z tanishlari tomonidan urib o‘ldirildi

Qibrayda 27 yoshli yigit o‘z tanishlari tomonidan urib o‘ldirildi

8 iyun kuni soat taxminan 23:00 da fuqaro 30 yoshli Sh.K. tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.A. lar bilan bir guruh bo‘lib, Qibray tumani Yoshlik ko‘chasida o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli D.B. bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan og‘zaki kelishmovchilik natijasida janjallashib, janjal vaqtida ular D.B. ni bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Natijada D.B. og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.A. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring