Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi qizaloq 4 yildan so‘ng onasiga qaytarildi – MIB

Qidiruvdagi qizaloq 4 yildan so‘ng onasiga qaytarildi – MIB

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2022-yildan beri qidiruvda bo‘lgan qizaloq topilib, qonuniy ravishda onasiga olib berildi.

Ma’lum qilinishicha, sud qaroriga asosan qizaloq otasidan onasiga olib berilishi belgilangan. Biroq ijro harakatlari davomida otasi qizaloq bilan bir necha yil davomida Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida yashab kelganligi aniqlangan va shu munosabat bilan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Yaqinda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloq otasi bilan birga xorijdan Vatanga qaytib kelgan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida ularning Davlatobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida ekani aniqlangan va sud ijrosi ta’minlanib, qizaloq onasiga olib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring