Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq hokim 200 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Sobiq hokim 200 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga olindi.

Muqaddam Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs va ichki ishlar organlarining sobiq xodimi hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirishgan.

Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani «Surum» MFY hududidan tikuvchilik fabrikasi tashkil etish uchun boshqa bir fuqaroga tegishli mas’uliyati cheklangan jamiyatga berilgan 11,1 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 6 mln. AQSh dollari talab qilishgan.

DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur 3 nafar shaxs Toshkent shahridagi kafelardan birida so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring