Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekshiruvchi tashkilotlar reytingi e’lon qilinadi

Tekshiruvchi tashkilotlar reytingi e’lon qilinadi

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati 8 ta mezon asosida baholanadi.

Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholash mezonlarini ochiqladi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvchi tashkilotlar faoliyati 8 ta asosiy mezon bo‘yicha baholanadi. Ushbu baholashda eng yuqori ball noqonuniy tekshiruvlarga yo‘l qo‘yilmagani, shuningdek, tekshiruv o‘tkazish tartibiga rioya etilgani uchun beriladi.

Qayd etilishicha, mazkur reyting orqali tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish, ortiqcha tekshiruvlarni kamaytirish va nazorat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi reyting natijalariga ko‘ra, 10 ta tashkilot “yashil”, 7 ta tashkilot “qoniqarli”, 26 ta tashkilot esa “qoniqarsiz” natijalarni qayd etgan.

Shuningdek, o‘tgan yilgi baholash natijalariga ko‘ra, Soliq qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalari eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring