«Tonirovka» yoz oylari uchun arzonroq tariflarda bo‘lishi mumkin

IIV Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritishga doir qaror loyihasini tayyorladi.
Unga ko‘ra, jumladan, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik sifatida yilning issiq mavsumida M1 toifaga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun beriladigan qisqa muddatli ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Loyihaga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan har yili 1 maydan – 31 avgustgacha beriladigan qisqa muddatli hamda 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomalar berilishi taklif etilib, M1 toifaga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun beriladigan qisqa muddatli ruxsatnoma bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun — BHMning bir baravari miqdorini va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — BHMning besh baravari miqdorini tashkil etishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, qisqa muddatli ruxsatnoma uchun to‘lov ruxsatnoma rasmiylashtirilgan sanadan qat’i nazar, to‘liq hajmda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Shunga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorining 2-bandi «a» kichik bandiga hamda «v» kichik bandiga yuqoridagi topshiriq ijrosini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Manba: regulation.adliya.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter