Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahar sudlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent shahar sudlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Muxiddinov Abdullajon Akromjon o‘g‘li - sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha  sudyasi  lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan);

Xakimov Azimjon Egamberdiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga  Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi  lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Nuraliyeva Zulfiya Alisherovna - sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi  lavozimiga (bungacha fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiningg sudyasi lavozimida ishlagan);

Qo‘chqarov Sanjar Qo‘chqarovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga (bungancha Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha  sudyasi lavozimida ishlagan);

Ismailova Fotima Mamatkulovna – sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Shuningdek:

Kamilov Dilshod Tulkundjanovich – sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga;

Dustmurodov Anvar Turayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring