Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi
Oliy Majlis Senatining 16-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Senat tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, Akmaljon Alijonov, Dilfuza Dadadjanova, Dilfuza Jo‘rayeva, O‘tkir Raziqov, Sardor Rahmudinov, Muhiddin Sultonov, Jahongir Turdimuradov, Luiza Xalitova, Abdusaid Xojiyev hamda Marat Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga o‘n yil muddatga saylandi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror sud hokimiyati tizimini yanada takomillashtirish va sud korpusini mustahkamlashga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter