Turkiyadan qidiruvdagi 6 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari toshkentlik hamkasblariga xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan olti nafar jinoyatchini topshirdi. Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tadbir Toshkent va Anqara Interpol Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlar asosida o‘tkazilgan.
«Olti nafar shaxslarning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston tomoniga – Toshkent Interpol Milliy Markaziy Byurosi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi», – deyiladi Interpolning Toshkentdagi Milliy markaziy byurosi axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter